20:25 Amerikalik ayol vafotidan salkam bir soat o‘tib o’ziga keldi | |
Amerikaning Merilend shtatida mo‘jiza yuz berdi: Keti Patten 45 daqiqa klinik o‘lim holatida bo‘lib, sakkizinchi nabirasi dunyoga kelishidan oldin hayotga qaytdi, deb xabar bermoqda CBS Baltimore telekanaliga tayanib “Korrespondent.net”. Patten xonim sakkizinchi nabirasini dunyoga keltirishi kerak bo‘lgan qizini ko‘rgani kasalxonaga keladi. Bu yerda unda yurak xuruji boshlanadi. Zudlik bilan reanimatsiyaga yotqizilgan ayolning yuragi 45 daqiqaga to‘xtab qolgan. Bu vaqtda shifokorlar ayolning qizi Fayferni kesarcha kesish amaliyotiga tayyorlashayotgan edi. Sakkizinchi nevarasiga ham buvi bo‘lish nasib qilgan ayol operatsiya oldidan hushiga kelgan. Tirilgan bemor tug‘ruq bo‘limiga kirib, Alora ismi qo‘yilgan yangi tug‘ilgan qizaloqni qo‘liga olgan. “Men Xudodan shunchalik minnatdormanki, u menga ikkinchi imkoniyat berdi. Endi iloji boricha yaxshiroq bo‘laman”, — deydi buvi. “Bu taqdir — onam shu yerda bo‘lishi kerak edi va Aloraning sharofati bilan onam kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qilgan qizi Fayfer. Bundan avval Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab bergani haqida xabar berilgan edi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|