19:53 Avtomobil oynasini muzdan tozalashdagi asosiy xatolar nimaligini bilasizmi? | |
Sovuq kunlar kelishi bilan avtomobil haydovchilari uchun mashinasining oynasini muz va qordan tozalashdek qo‘shimcha mashg‘ulot paydo bo‘ladi. Ammo barcha ulov egalari ham bu ishni to‘g‘ri bajaravermaydi. “Za rulem” jurnali mashina oynalarini muzdan tozalashda haydovchilar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolarni ma’lum qildi. Birinchidan, manzilga yetgach, avtomobilning oyna tozalagichini yoqilgan holatida qoldirmaslik kerak. Avtomobilni o‘t oldirishdan oldin, oyna tozalagichlar o‘chirilganinini tekshirish lozim. Negaki, muzlagan tozalagichlarning kuyish xavfi yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, avtomobil oynasining ayrim qismlari muzlagan vaqtida tozalagichni ishlatmagan yaxshi. Cho‘tkalar muzga qarshi kuchsiz va bunday sharoitda tezda yedirilib ketadi. Bundan tashqari, muzlagan oynani muzlamaydigan suyuqlik bilan yuvmaslik kerak.Chunki o‘sha suyuqlikning o‘zi ham oyna yuzasida muzlaydi va vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Shuningdek, oynaga tashqaridan issiq suv quymaslik kerak. Bunda oyna darz ketishi mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|