14:13 Bayden g‘alabaga juda yaqin keldi | |
Demokratlardan AQSH Prezidentligiga nomzod Jo Baydenning shtab-kvartirasi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
Demokratlar shtab-kvartirasi barcha saylovchilarning ovozlarini sanab chiqishga va’da berdi. Ammo kim g‘olib kelgani rasman hali tasdiqlanmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden 264 ta, Donald Tramp esa 214 ta ovoz to‘plagan. Nevada, Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Jorjiya va Alyaska shtatlarida hali ovoz berish natijalari e’lon qilinmadi. Mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun 270 ta ovoz to‘plash kerak bo‘ladi.
AQSH saylov tizimi bilvosita davlat rahbarini saylashni nazarda tutadi, u o‘z shtatlari vakili bo‘lgan 538 kishidan iborat saylov kolleji tomonidan saylanadi. Har bir shtatdan saylovchilar soni Kongressdagi shtat vakillari soniga teng. Saylovlarda saylovchilar ilgari o‘z shtatlarida g‘olib chiqqan nomzodga ovoz berishlari kerak, ammo ularni bunga majburlovchi qonun yo‘q. Shunday qilib, nomzod raqibdan ko‘ra Amerika ovozini ko‘proq olishi mumkin, ammo saylovchilarning kamroq ovozlari tufayli saylovda yutqazadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|