23:33 Bepul uy-joy va yer beradigan 8 ta davlat | |
Har bir inson o‘z uyi bo‘lishini orzu qiladi. Ammo uy sotib olish moliyaviy nochorlik sababli katta muammo bo‘lishi mumkin. Biroq ba’zi mamlakatlarda orzular ro‘yobga chiqishi mumkin — uy-joy yoki yerni bepul olish imkoni mavjud. Quyida sizga bepul yer va uy-joy beriladigan davlatlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Italiya Sitsiliyaning Ganji shahrida 7000 atrofida o‘nlab yillar davomida inson yuzini ko‘rmagan uylar mavjud. Agar siz u yerda qolishni va ta’mirlashni va’da qilsangiz, Italiya sizga bepul uy beradi. Bonus sifatida siz viloyatdagi ko‘rkam Chefalu dam olish maskaniga yaqin, Madoni tog‘laridagi XII asr qal’asi manzarasi, toza havo va do‘stona aholiga ega bo‘lgan yerdan joy olasiz. Pitkern oroli Britaniyaning dengiz ortidagi mol-mulki doimiy ravishda aholi soniga muhtoj. Bugungi kunda 4,6 kv.km maydonga ega orolda atigi 57 kishi yashaydi. Shuning uchun Pitkern Kengashi yangi ko‘chib kelganlarga bepul yer berishga qaror qildi. Siz o‘z orzuingizdagi uyni kokos jannatida loyihalashtirishingiz va qurishingiz mumkin. Pitkern orolining uzoqligi va siyrak aholisiga qaramay, farovon hayot kechirish uchun barcha sharoitlarga ega — do‘kon, maktab, sog‘liqni saqlash markazi, madaniyat markazi, kutubxona va hattoki muzey. Telefon, televideniya va Internet ham orolliklar uchun begona emas. AQSh Bir paytlar gavjum bo‘lgan Gari shahrida bugungi kunda qariyb 10 mingta tashlandiq uy bor. Indiana shtatidagi yangi qonun bo‘sh turgan mulkni atigi 1 dollarga sotib olishga imkon beradi. Siz faqat o‘z mablag‘ingiz hisobidan uyni ta’mirlashingiz talab etiladi. Gari shahrida faqat 11 foiz oq tanli aholi istiqomat qiladi hamda Qo‘shma Shtatlardagi qotillik darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Shunga qaramay, bu shahar mashhur «Gary SouthShore RailCats» beysbol jamoasi, «Gary Splash» xalqaro ligasining basketbol jamoasi hamda Maykl Jekson va Janet Jekson kabi mashhurlarning tug‘ilib o‘sgan makoni bo‘lib xizmat qilgan. Zimbabve Janubiy Afrika shtati bepul uylarni faqat kambag‘al fuqarolarigagina beradi. Shuning uchun agar siz bu yerda bepul uy-joy olishni istasangiz, siz nafaqat ushbu mamlakat fuqaroligini olishingiz, balki kambag‘al sinf bilan bir qatorda bo‘lishingiz kerak. Venesuela Bugungi kunda ushbu mamlakatda 630 ming 330 ta bepul uy-joy qurilgan. Uni olishning ikkita sharti mavjud — sizning maoshingiz 676 AQSh dollaridan oshmasligi kerak va siz Venesuela fuqarosi bo‘lishingiz zarur. Chili Janubiy Amerika shtati aholining quyi qatlamini uy-joy bilan ta’minlaydi. Baxtli uy dasturi tufayli Chili uysizlar yoki qashshoqlikda yashovchilar sonini 1,2 milliondan 880 ming kishiga kamaytirgan. Rossiya Fuqarolarning ayrim toifalari: harbiy xizmatchilar, ko‘p bolali oilalar va faxriylar o‘z hududlarida imtiyozli ravishda bepul yer olish huquqiga ega. Bundan tashqari, Xabarovsk viloyati u yerda yashamoqchi bo‘lgan Rossiyaning har qanday fuqarosiga foydalanish uchun ochiq joylaridagi yer uchastkalarini bepul berishga tayyor. Kanada Alberta shtatidagi Medisin Xet hukumati uysizlikni bartaraf etish va soliq to‘lovchilarning pullarini tejash uchun barcha uysizlarga boshpana berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bitta uysiz kishini qo‘llab-quvvatlash uchun shoshilinch xizmatlar, sog‘liqni saqlash va adliya yiliga taxminan 100 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratiladi. Uysizlarni uy bilan ta’minlash uchun yiliga kamida 35 ming dollar mablag‘ sarflanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|