23:55 Bola uyqusizligining asosiy sabablari va chorasi | |
Bola tunda yaxshi uxlamasa, kechasi yig‘lab uyg‘onadi. Bundan onalar xavotir olishlari tabiiy. Buning bir qancha sabablari bor.
Bolaning kun tartibi qanday bo‘lmog‘i lozim? Agar bola tunda tez-tez uyg‘onsa, demak, uning kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish kerak. Uni har kuni bir xil vaqtda uxlatish, uyg‘otish, ovqatlantirish va cho‘milish tavsiya etiladi. Agar siz har kuni tartibga rioya qilsangiz, bolaning miyasi bunga moslasha boradi. Uyquni me’yorlashtirish kerak
Bola sog‘lom ulg‘ayishi uchun uning har bir xatti-harakati va albatta kun tartibiga alohida e’tibor qarating. Bu uning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishi uchun poydevor vazifasini o‘taydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|