16:15 Er-xotin - do'stlar? | |
Er-xotin munosabatlari juda chuqur ma'noni anglatadi. Har bir inson bu munosabatlarda o'zgacha ma'noni ko'radi. Turli xil insonda bu munosabatlardan kutiladigan "manfaat" ham o'zgacha bo'ladi. Er-xotin munosabatlari yillar o'tgan sayin o'zgarib boradigan xameleon, desak adashmaymiz. Turmushning ilk oylarida er-xotin munosabatlari asosan jinsiy tuyg'ular bilan bog'liq bo'ladi. Farzand tug'ilgach bu munosabatlarga ota-onalik vazifasi qo'shiladi. Yillar o'tgan sayin er-xotin orasida minnatdorchilik, hurmat kabi tuyg'ular uyg'onishi mumkin. Qarichilikda jinsiy tuyg'ularga o'rin qo'lmaydi. Shunday qilib turmushning davriga qarab er-xotin munosabatlari o'zgarib boraveradi. Uzoq vaqt davom etadigan baxtli turmushda er-xotin orasida do'stona munosabat bo'lishi muhim ekan. Erkak va ayol orasida do'stona munosabat bo'lishi mumkinmi? Ha, agar ular er-xotin bo'lsalar. Erkak ayoliga do'st bo'la olishi juda qiyin. Buning uchun u ayolini tushuna olishi, dardiga malham bera olishi va eng muhimi ayolini hurmat qila olishi lozim. Ayol erkakni sevgisini qozonishi oson, lekin erkakning hurmatiga sazovor bo'lishi juda qiyin. Xuddi shunday, erkak uchun ham ayol do'st bo'la olishi qiyin. Erkak ayolini seva oladi, erkalay oladi, himoya qila oladi, lekin unga do'sti sifatida qaray olishi qiyinchilik kasb etadi. Buning uchun ham ayol erkakni hurmatini qozona olishi lozim. Ehtiros, sevgi kabi tuyg'ular o'tkinchidir. Ular bir bo'ladi, bir so'nadi. Hech qaysi turmush aynan shu tuyg'ular asosida uzoq davom eta olmagan. Baxtli uzoq davom etadigan turmush uchun o'zaro manfaat kerak. Manfaat deganda moliyaviy yoki ijtimoiy manfaatni emas, balki hissiy manfaatni nazarda tutamiz. Erkak ham ayol ham yolg'izlikni istamaydi. Ularninig turmush qurishi yolg'izlikdan qutilish manfaatini ko'zlashdir. Demakki, inson o'z turmush o'rtog'idan ehtiyojini qondirishni, ya'ni yolg'izlanmaslikni kutadi. Ruhiy yolg'izlik juda qiyin tuyg'u. Yonida suyadigani, farzandlarining onasi o'tirsa-yu, lekin erkak o'zini oilada yolg'iz his etayotgan bo'lsa, juda yomon. Shunda ba'zi erkaklar do'stlariga yuz o'giradilar, ba'zilar boshqa ayolga intiladilar, ba'zilar ichiga kirib ketadi, oilaviy munosabatlarda qandaydur sukunat, qo'pollik yoki sovuqqonlik ko'paya boshlaydi. Agar ayol eriga, eri ayoliga do'st bo'la olsa, oilada ruhiy yolg'izlikka joy qolmaydi. Shunda erkak, o'z muammolarini, dardini, hatto maqsadlarini ham lozim topganda va bunga ehtiyoji bo'lganda ayoliga ayta oladi. U biladi, ayoli uni qo'llab-quvvatlaydi, tushunadi va yo'l topishda yordam bera oladi. Ayolni biron masala qiynayotgan bo'lsa, u ham bema'ni maslahatlar bilan oilaga aralashadigan dugonalarga, qizining muammosiga xolisona baho bera olmaydigan ota-onasiga murojaat qilmay, o'z jufti xaloli bilan dardlashadi, muammoga birgalikda yechim izlaydi. Ayolning erkak bilan dardlashishida eng muhimi, hamma gapni ham gapiravermaslik. Erkak va ayol psixologiyasi turlicha bo'lgani uchun, ayol uchun birdek ko'ringan masala, erkak uchun umuman boshqacha ko'rinishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda ayol eri bilan dardlashishi darkor. Natijada, birinchidan, oilaviy munosabatlarga birovlar aralashmaydi, ikkinchidan, er-xotin yanada yanqinroq bo'ladi, uchinchidan esa, maqsadga birgalikda erishiladi. Lekin bu oson emas. Erkak xotini uchun do'st bo'la olishiga yoki unga xotini do'st bo'lishi uchun er xotinini hurmat qilishi shart. Hurmatsiz hech qanday do'stona munosabat bo'la olmaydi. Hurmatni ayol qozonishi lozim. Ayol o'sishi kerak! Osishda to'xtamasligi kerak. O'sish deganda, ma'naviy, jismoniy va ruhiy o'sishni nazarda tutamiz. Uch farzandga ega bo'lib, ayol o'z jismoniy holatini tashlab qo'yishi to'g'ri emas. U o'z ustida ishlashi kerak. Bu yo'lda qo'ygan maqsadiga erisha bilishi kerak. Yoki, ayol faqat idish tovoq va pishiriqlar bilan kifoyalanmay, adabiyotga ham qiziqishi lozim. Kitoblarni mutoala qilish ayolni nafaqat ma'naviy yuksaltira oladi, balki farzandlariga chiroyli tarbiya berishda ham foyda beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o'tkazish, bema'ni kinolarni ko'rishdan ko'ra bir dona adabiyot bilan tanishish qanchalik foydaliroqdir. Turmushning qiyinchiliklariga bardoshli bo'lishi uchun o'z ruhiyati ustida ishlashi lozim. Kerakli psixologik adabiyotlar, milliy qadriyatlar va otabobo va momolarimiz udumlari bilan tanishib ulardan ibrat olish bunda qo'l keladi. Maqsad, erini hurmatiga sazovor bo'la olish. O'zining inson sifatida yutuqlariga ham ega bo'lish. Oshxonadan chiqmaydigan ayolga erkak qanday qaraydi? Oshpazga qaragandek! Uylarni erta-yu kech yig'ishtirishdan tolmaydigan ayolga-chi? Erkak istasa ham, bunday ayollar unga do'st bo'la olmaydi. Ular bu erkak dardini tushuna olmaydi ham. Ular bilan erkak do'stlasha olmaydi. Ayol turmushga chiqdimi, faqat yuksalishi kerak. Asal oyi munosabatlarida, ota-ona munosabatlarida, uy-ro'zg'or munosabatlarida u bir ravonda emas, yuqoriga intilgan holda, yangi-yangi cho'qqilarni zabt etgan holda yashashi darkor. U ham bir nimaga erisha olishini ko'rsata bilishi kerak. Masalan, biron o'qishga kirib bilim olgani, uning harakati bilan farzandi yutuqlarga erisha olgani, bolalarida o'qishga yoki rasm chizishga mehr uyg'ota olgani, o'z qo'llari bilan uy buyumlarini yarata olgani, ishda yutuqlarga ega bo'lgani kabilar bilan erkak ko'zida yuksala oladi, uni hurmat qilisga sabab paydo bo'ladi. Ahir, kiyevskiy tort pishirib hurmat qozonmaydiku...ja bo'lmasa, pishiriqlar haqida kitob yozish kerak. Geysha sirlaridan biri, erkakka do'st bo'la olishdir. ayollar bilan erkak faxrlanadi. Bunday ayol bilan erkak suhbat qurishni istaydi. ayolni erkak do'st qila oladi.
Erkak ayolni emas, insonni hurmat qila oladi. Siz ming go'zal, ajoyib, ayol bo'lmang, kuchli, ma'naviy boy inson bo'la olmasangiz, erkak sizni hurmat qilishi uchun bu yetarli emas, demakki siz unga va u sizga do'st ham bo'la olmaydi.
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|