Главная » 2017 » Июль » 31 » Olislarda Tuyilgan Yaqin Baxtim (yohud Yosh Kelinchakning 1000 azobi)…
08:59

Olislarda Tuyilgan Yaqin Baxtim (yohud Yosh Kelinchakning 1000 azobi)…


Yakshanba Muxlis-Minbari loyihamiz uchun saytimizning bir foydalanuvchisi hayotidan kechirganlari to'g'risida yozib yuborganlari bizni juda ta'sirlantirdi. Ochig'i shaxsan man juda ham hayratlandim. Bizning millatimizda, halimiz orasida shunday sabirli, mehr-oqibatli, vafodor kelinlarimiz ham borligi qaysidur man'oda ham quvontirdi, ham hayratlantirdi. Buni barchangiz o'qishingizni tavfsiya qilamiz.
Yuragi nozular o'qishmasa maqsadga muvofiq...

Mani ismim Umida. Tugilganimda ne ne orzu umidlar bilan ota onam shu ismni qo'yishgan ekan. Oilada bir qiz ikki o'gil ota onam bilan yashardik. To'ng'ich farzand o'zimman. Ikki ukam bor.  Kollejga o'qishga kirgan yilim ota onam moliyaviy tomondan qiynalib qolishdi. Shu sababli ham o'qishdan keyin ishlashga majbur bo'ldim va uyimizga yaqin joyda shirinlik do'koniga ishga joylashdim. Abetgacha o'qib abetdan keyin ishlar edim. Ota onam boshida qarshilik qilishdi ishlashimga qiz bola boshing bilan kechgacha ishlab bizni gap so'zga qo'yasan deb, man yomon ish qilmayapman shirinlik do'koni bolsa o'qishim ham qolib ketmaydi qolaversa ukam ishdan olib ketadi deb ota onamni ko'ndirdim. Shu zayilda 1 kursni ham bitqizib yozgi tatilga chiqdim yozgi tatilda ertalabdan to kechgacha ishlardim oilaviy sharoitimiz yaxshilansin deb. Otam ikkimiz oila boquvchisi edik. Ukalarim maktab o'quvchisi bo'lishgani uchun onajonim uyda o'tirardilar. Yoz kunlarini birida bir yigit do'konga kirib mani kuzatib yurganligi, manga uylanmoqchi ekanini to'satdan aytib qoldi. E yo'q be yo'q tegib ketaverarkanmanmi boshimda Hudoga shukur ota onam bor hal qilishadigan, mani ishdan qo'ymang iltimos deb chiqazvordim. Shu shu har kuni keladigan kuzatadigan bo'ldi.

Yozgi tatil tugab o'qishga chiqdim. Xar kungidek yo'limda paydo bo'laverdi holi jonimga qo'ymasdi. Keyin bilsam yonimizda oziq ovqat do'konida ishlar ekan u bola. Salom alik qilib yuradigan oldimga allanimalarni bohona qilib kiradigan boldi. Oilasi haqida o'zi haqida gapirib berardi. Oilasi katta bolgani uchun o'qishdan keyin ishlar ekan kantrakt pulini o'zi to'lashi uchun. Kamtarligini ko'rib gaplariga quloq solib yomon gapirishga tilim bormasdi. Bir kuni qattiq sevishini niyati jiddiy ekanini institutni tugatishi bilan manga uylanmoqchiligini aytip qoldila. Man unga turmushga chiqolmasligimni ota onam boshqacha oilani hohlashlarini yotigi bilan tushuntirdim baribir bo'lmadi. Ko'ngli uchun do'st bo'lip qolishim mumkunligini lekin undan ortig'iga rozi emasligimni tushuntirdim. Mayli roziman dep ketdi.

Shu zayilda kunlar o'taverdi biz do'st bo'lib yurdik qo'lidan kelgan yordamini ayamasdi man ham o'zim unga ancha o'rganib qolgandim. Man kollejni tugatip ham 1 yilcha shirinlik do'konida ishlab yurdim. Ulayam 4 kursni bitirib do'konda ishladila. Keyin zavotdan yaxshi ish topib do'kondan ketdila yuragim huvillab qolganini shunda sezdim butunlay boglanip qolgan ekanman.

Bir haftada bir ko'rishib turardik. Kuni bilan tez tez telifonda gaplashib yurardik. 1 oycha ishlab yurdim va ula mani zavotga ishga chaqirdila bugalterga yordamchi kerak ekan bugalterlikni bitqizgandim to'g'ri keldi va ishga kirdim. Shu paytda bizdan baxtli inson yo'q edi  Ishxonada hamma hovos qilardi to'yimiz qachon bo'lishini so'rab holi jonimizga qo'yishmasdi shu zaylda 2 yil ishlab yurdik. Kelgan sovchilarni hammasini qaytarib yurdim. Ota onam bu safargisi tanish yo'q diyolmesan yaxshi odamladan o'ziga to'q oiladan dp oyoq tirab turishdi.

Bu gaplardan keyin Sanjar akamga etishga majbur boldim. Ula ertasi kuniyoq oyilarini biznikiga sovchilikga jonatdila uyimdegila qaytarvorishdi. Uydegila begonaga bermemiz diyiwdipti. Sanjar akami oyilari boshqa bormeman dp kemadila boshqa. Sanjar akami ozlari kelip ota onam bn gaplashdila ko'p norozi bo'lishdi  bermemiz qizimizi dp oxiri  Sanjarakam ota onami ko'ndirdila.  Qaynonam yana sovchi bop keldila hammasi hal boldi Oq o'rar kuni qaynanam kelip qovolaridan qor yog'ip o'tirdila. Xch ochilip o'tirmadila.

Ketishgandan keyin  Onam va holalarimdan gap eshitvoldim tanlaganin qursin dp rosa urishishdi. Yurakga buyruq berib bo'larmidi. Fotixamiz ham chiroyli o'tdi. To'yimiz belgilandi. To'y yugur yugurlari bir zumda o'tdi ketdi. To'yimiz kuni ikkalamiz ham o'zimizda yo'q hursand edik. 5 yil sevishib yurip turmush qurdik. To'y, kelin salom, barchasi o'tdi yangalar ketishdi bir o'zim yangi uyda yangi oilam bilan yangi hayot boshladim.

To'yimizni 4 kuni tongda ko'chaga suv sepgani chiqsam ko'cha qorong'uroq edi Sanjar akamni uygotip chiqa qoliy o'zim qo'rqaman dep uyga ketayotsam qaynon Umidaxon buyoqqa qaravoring dp chaqirdila oldilariga borishim bilan bilagimdan siqib o'v san quloginga quyvol man sani hohlame kelin qildim o'g'lim oyoq tirap turvogani uchun majbur oberdim  bilib bilib isheni qil bo'masa quriysan bu uydan didila. Oyoq qo'lim bo'shaship ko'zimdan tinme yosh oqib eshitip turdim.

Keyin bor isheni qil dp ketqizvordila. Ko'cha qorong'uligi ham qo'rqitmasdi qaynonam nega shunchalik nafratlanip gapirganlarini tushunmasdim. 1 haftada uyimdegila chaqiriq qilishdi borip keldik uyga kelganimizdan keyin onen pasakan qo'ygan narsalarini ko'rip uyalip ketdim didila. Yum yum yiglap indame eshitip turuvrdim. Qaynotam bilan erim onasiga gapirishdi lekin tasir qilmadi.

Chaqiriqda manga changyutkich qo'yishgandi uniyam o'zlarini uylariga opkirip kettila supurgida supursin dp adajon ber sanga nima sani pulin kuymagan dsalayam etibor qme qildan qiyiq axtarip  urush ko'tardila. Bir xaftale kelin shumqadam chiqdi uyimda baraka qochdi dod qo'shnila dp baqirip sharmanda qildila. Uyda ko'pchilik yashardik adajon oyijon qayniog'am, ovsinim, qizchasi, turmushga chiqmagan qayni opam yoshi 36 ga borip qolgandi turmush o'rtogim va man.

Qaynonamni qiliqlari ko'paysa ko'payardiki kamaymasdi ovsinimni xam tushganiga 4 yil bolgan bolsa ham tinch qo'ymasdila. Qaynonam qizlari bilan kunda ikta kelinni urushtirishga harakat qilishardi. Biz ovsinim bilan kelishvolgandik nima diyishsa ham indame etibor qme bir birimiz bilanurushme yuramiz dp.

Bir kuni qaynonam mani do'konga chiqazvordila va mani uyimga kirip kiyimlarimdan opchiqip keyin ovsinimi bolasini kiyimlaridan opchiqip suvga sop ikalasini brga dorga osip qo'yiptila do'kondan keldim va hayron bo'ldim nega mani kiyimim ho'l va dorda osilgan turipti kim yuvdiykin dp hayron bo'ldim so'rashga botinolmadim. Aksiga olip ovsinim onasinikiga yotgani ketganidila kimdan so'rashni bilmadim. 10 minut o'tip ovsinim kep qoldila. Oshxonada edim ovsinim kelishi bilan qaynonam oshxonaga chaqirip ikalamizzi yuzlashtirip bir biring bilan ko'proq o'rtoq bop yurlaren kichkina kelin ovsinen nima qiganini bilasanmi didila ovsinim yo'q dgandila unda eshit san yo'ginda qizini kiyimini opchiqip o'zini kiyimiga qo'ship yuvdi bolasi bo'mayotganiga  irim qb ana qara osilgan turipti dp ko'rsatdila. Bu yolgonligini tushuntirishga urundim lekin bo'lmadi erimni opachasi kirip kapkir bilan yuzimga urip qoldila burnim qonam chiqip ketdim. Orqamdan hommomga kirip burchega siqip eringa etsen o'lasan didila. To'yimizga endi 1 oy bo'lgandi qanaqasiga irim qilaman bolam bo'madi dp. Xch aqlim yetmasdi nega shuncha xo'rlasharkin dp.

Ovsinim ham bir zumda o'zgardi qoldi eri ham kelin dp emas O' dp chaqiradigan boldi. U uyda kun yo'qligini bilsamam ota onamni shanini o'ylab tishimni tishimga qo'yardim. Uyga qaytip borsam 1 oyli kelin qaytip kepti o'zi yomonakan dgan gap ortiqcha edi. Ota onam ham o'zing sevip tegding dp qaytarip yuborishlarini bilip bormasdim. To'yimizga 40 kun bo'lganda 1-hayitim bo'ldi qaynonam oyimga qo'ng'iroq qilip chaq chuqla va ichimlikla mevala va shkalatla esizdan chiqmasin dptila. Onam hayron bolip ho'p ho'p dp go'shakni qo'yganla. Keyin mani chaqirip oyizga tel qb mana shu qog'ozdagi yozilganlani hammasini o'qib eten bittasiyam qop ketmasin didila. Oyijon etolmeman dp yiglavordim. Etmasen chiq yo'qol uyimdan didila. Qog'ozni olip chiqip ketvotsam Oldimda etin man eshte didila. Oyimga tel qsam xozi qaynanen ettila qaynona kelin molparas bop ketipsila dp xapa bo'lip go'shakni qo'yip qo'ydila.

Ertasi kuni etgan narsalarini ortig'i bilan qilip jo'natdila. Oyim hayitga  kelganlarida vaqt topip tushuntirdim hapa bolmen dp uzur so'rap jo'natdim. Hayitim ham o'tdi. Mehmonlani kuzatip bo'ganlaridan keyin sarpolani ochip ko'ynim to'lmadi to'lmadi shu oyizi qilgan narsalaridan dp narsalani otip chiqip ketdila. Tuni bilan ko'z yosh to'kip chiqdim. Sanjar akam sabr qil diyishdan uyog'iga o'tolmasdila. Ovsinim ham qayni opam ham qaynonam ham mani cho'ri qilip olishdi ovsinim tayyoriga chiqardi yeb ichib yana kirip ketardi.

Uy ishlari ro'zgo'r kotta hovlini supur sidiri ham bitta o'zimmi boshimda edi. 1 yil ham ko'z ochip yumguncha o'tip ketdi. Lekin hali ham homilador bolmagandim. Uyimizda Sanjar akam va qayni og'amdan boshqa hech kim ishlamas edi. Sanjar akam oilasida 4 ta farzand 2 o'gil 2 qiz edila. Kotta qizlari 37 yosh bosa ham oila qurmagan lekin kichik qizlari 19 yoshida turmushga chiqip ketgan ekan. Kichik qizlari 3 ta bolasi bilan har hafta biznikiga kelip 2 kun yotip kamiga akalarini oyliklarini 1 qismini op ketardi. 2 o'gil oylik maoshlarini ota onalariga olip kelip berishardi. Sanjar akam oliy malumotli bo'lganliklari sabab yaxshi joyda ishlab topishlari yaxshi edi.

Mani 2 oyda bir uyimga jo'natishar shunda ham avtobusda borip avtobusda qaytishimga pul berishardi 4 non uyoqda tursin 2 ta non ham ko'tarip kirolmasdim ota onamnikiga. Shu zayilda kunlar o'tip ketaverdi. To'yimizga  1 yarim yil bo'lganda qaynonam ajrashtiraman o'g'limni yoshi 30 ga yaqinlashvotdi hali ota bolmadi didila. Man ham mayli onam qaynonen nima disala hop boladi digin diganla didim. Kechqurun Sanjar akam ishdan keganlaridan keyin shart qo'ydila yo oneni disan yo shu tug'mas xotinini disan didila. Sanjar akam ajrashmeman dp turip oldila. Etti tirnodan ajratip bo'midi dp turvoldila.

keyin uyimizda qiyomat qoyin boshlandi. Tug'masdan olip tug'masga soldila. Iloyim tug'olmagin. Bolamni onasi o'pmagan qizga uylantiraman shuncha orzu umitda kotta qilgan o'g'limga shu tug'masni op berdimmi hali. Yo'qol uyimdan dp ko'chaga xaydadila Sanjar akam ko'chaga qo'yip qo'yadigan xotinim yo'q dp uyga opkirip ketdila oraga qayni akam qayni opam aralashishdi uyimizda kotta janjal ko'tarildi Sanjar akamga shart qo'yishdi yo mani diysan yo xotinini diysan dp. Sanjar akam silani hammelani diman manga ham osonmas mani aybim sevib uylanganimmi, Hudo beraridan siqmasa bir kun bolali bo'larmiz bizayam, Umida bilan mani xohishimiz bolani dunyoga keltirmedi Hudo xohlashi kere nime tushinmesila dp baqirip tashadila.

Qaynotam ham biz taraf bo'lib sabr qil ey shum kampir o'z holiga qo'y siqiltirganingdan ham bolmayotgandir didila. O'ynab kulishsin yosh hali ikalasi ham beraridan siqmasi dp duo qil janjal qilguncha didila. Bu uyda haqiqatni gapiradigan odam ham bor ekanku dp ichimdan suyundim.

Suyunganim uzoq cho'zilmadi, dod kelinni dastidan qaynotasi bilan erini issiq sovuq qvopti dp tuxmat qildila. Qatnotam boshqa miq etmadila. Chunki bizani uyda qaynonam va qaynigachim hukumron edi. Ulani etgani bo'lardi. Qaynigachimga sovchi kesa turmushga chiqmasdila.

Sababi onasini bizaga ishonmasakanla. Urush janjal tugab hamma uyiga kirib ketdi. Uyimizga kirgach Sanjar akamga yig'ladim qaysi bitta gunohim uchun shunchalik xo'rlashadi ovsinimga o'xshab ota onamni chaqirib yuzlashtirmaganimga ham buni orqasidan so'rovchisi yo'q dip shunaqa qilishadimi disam yo'q sababi boshqa to'ydan oldin sani oberishi holashmagandi yaqin qarindoshimizi qizini Fotimani oberishmoqchiydi man keremas uylansam shu qizga o'zim sevganimga uylanaman dp turvoganman  majbur bo'lishgan sanga uylantirishga, anu kuni etib o'tirishgandi  Foti hali erga tegmadi Zuhrani to'yi bo'ldi. Fotini hali Sanjarda ko'ngli borga o'xshidi. Tug'mas xotinidan ajrashtirib Sanjari Fotiga uylantiramiz dp etishipti, shu gaplani eshitip yuragim urishdan to'xtap qolishiga bir bahiya qoldi.

Bu uyga sizzi dip keganman agar usha qizda ko'ngliz bo'lsa mayli qarshiligim yo'q dp yig'lavordim jonim bo'g'zimga tiqilib alaman baqirib yig'ladim. Sanjar akam ham jinnivoy sandan boshqasini dimeman san bilan mani faqat Olloh ajratolidi tushundinmi dp ovutdila.

Lekin shu kundan boshlab ko'nglimda hadik bilan yashay boshladim. Sevganingni boshqa birov bilan yashashini tasavur qilish na qadar og'ir. Telbalarcha sevganim uchun qancha xo'rlashsa xam chidab ketaverdim Sanjar akamdan ayrilgandan xo'rlashlariga chidash osonroq deb bilardim. Yorug' kunlar kelishiga bo'lgan ishonch kundan kunga so'nib borardi.

Tong ham otdi ko'zimni ocharkanman yuragim orqaga tortib ketdi yana bir uqubatli kun boshlandi deb. Kecha huddi hech narsa bo'lmagandek yurdim ishlarimni qilib. Sanjar akamni ishga kuzatib hovli ishlari bilan yurgandim ovsinim uyiga chaqirip qoldila kirsam manga qarab tillalarim qani yaxshilikcha qaytarmasang xozir chiqib oyijonga etberaman didila man olganim yo'q sizi uyizga kelin bo'p tushganimdan beri qadamimni bostirmagansiz qanaqasiga olaman kuni bilan uyizdan chiqmasez man qanaqb opchiqib ketaman o'ziz o'ylab ko'ring dp yiglavordim.

Keyin oyijon oyijon dp oyijonni chaqirib shantaj uyushtirdila qaren tillalarimni o'girlab ogan bo'yniga olmayapti dp. Qaynonam qaynotamni chaqirib ko'pro yonini oling o'g'rini dp baqirdila qaynotam ham ulani gaplariga ishonib yuzimga tarsaki tushurdila zarb kuchliligidan yerga yiqildim qaynonam o'g'ri dp tepkilab ketdila ovsinim ajratmasdan xursan bop turdi keyin manga tur o'rnindan dp uyimga kirishdi ber tillalarini tiyishdi yo'q manda omaganman nega tushunmesila dp balandroq baqirvordim ovsinim baqirma dp sochimdan burab devorda urdi ber chiqaz dp yo'q man olmadim dp xudoni zorini qildim qaynonam tortmada turgan bor tillalarimni qo'limdagai nikoh uzugimni ham yechib ovsinimga topshirdila ota onamni mehnatlariga kelgan bering dp qo'llariga yopishdim itarvorishdi boshim bilan eshikga urildim boshimdan qon chiqishiga ham qaramasdan tug'masni jazosi shu dip chiqib ketishdi.

Xammayoqim momataloq boshim qattiq aylanip qon oqardi ichimda qattiq og'riq turgandan keyin Sanjar akamga qo'ng'iroq qildi. ovozimni eshitib qo'rqib ketdila tezda yetip keldila axvolimni ko'rib tez shifoxonaga borishimiz kerak qaysi odam bolasi shu ishni qildi dp yig'lavordila gapirishga holim qolmagandi suyab olip chiqip ketvotgandila qaynanam axvolimmi ko'rsalayam xch qatga chiqmesanla qo'shnila ko'rsa nima diydi dp darvozaga qulp osib kalitini ovoldila bermadila. Sanjar akam uyga ko'tarib opkirib yotqizdila tez yordamga qildila tez yordam kegandan keyin qaynonam majbur boldila kirgi'zishga. Tez yordam kelganda ancha qon yo'qotib bolgandim. Olib ketmasak bo'lmaydi xomilasidan ayrilgan diyishdi Sanjar akam yo'o'q ey Hudo ona nimala qib qo'ydiz dp onasiga baqirib ketdila. Oyoq qo'llari qaltirab qolgan qaynonam bilan qaynotam tez yordam shifokoriga siz keturen biza o'zimiz hal qilamiz didila. Shifokor yo'q kelinizi ahvoli og'ir opketishimizga ruxsat bermasela 02 ga tel qilaman didila. Ollohni o'zi yetqazdi bu insonni dp o'yladim.

O'rnimdan turg'izishmasdan nasilkada opchiqib ketishdi. Shifohonaga borganimda ancha holsizlanib qolgandim ko'p qon yo'qotdim qonni to'xtatishga qiynalishdi boshimdan qon to'xtadiyu narkoz qilishdi xomilamni olib tashlash uchun.

1 yarim yil kutganim 15 yilga tatugulik bo'lgandi. Onam shunda qizim faqat sabrli bo'l farzanding nobud bo'lgan ekan olib tashlashdi didila yo'ooooq dp baqirib yigladim. Tinchlantiruvchi ukol qilishdi shundan so'ng yonimga meletsiya hodimi kirib keldi bor gapni Sanjar akam etib berganakanla qaynonam qaytotam va ovsinimni ustidan oyim shikoyat xati yozgan ekanla chora ko'rishimiz kerak shuning uchun qo'l qo'yib bering didila. Agar farzandim nobud bolmaganda shikoyatimni qaytib olardim farzandimni  nobut qilishgani uchun ham qo'l qo'ydim.

Ko'kargan joylarimni yorilgan boshimni yuzimda ko'karib qolgan qo'l izlaridan dalil uchun suratga olishdi. Ota onam qizimizni xo'rlashgani uchun ayab ham o'tirmaymiz dp ishga kirishishdi. Ularga  sud ishi ochildi mani esa ahvolim yaxshilana boshladi. Ota onam shunchalik ham sabrli bo'lib yurganingni qara agar tez yordam mashinasi sani olib ketmaganda biz ham bilmagan bo'lardik nega shuncha vaqtgacha chidab yurding dp mandan hafa ham bo'lishdi.  Balnitsadan chiqadigan kunim sudga chaqirishdi oyogim tortmasdan zo'rg'a bordim. Advokat ham yollashgan ekam qaynonalarim. Man bor gapni sudiyaga etib berdim.

Tez yordam mashinasida kelgan shifokor, Bolamni abort qilgan shifokor va miletsiya hodimi ham guvohlik berishdi. Sanjar akamga so'z berishganda kechir Umida sani ko'z qorachig'imde asrolmadim kechir dp yig'ladila. Qaynonamla ovsinim qaynotam faqatgina o'g'riga chiqazishdan uyogiga o'ta olishmadi. Sud bir haftadan keyin qarorni o'qishini etdi va hamma uyiga ketdi. Chiqib ketvotganimizda Sanjar akam mani uyga opketaman didila man ketmoqchi boldim ota onam jo'natishmadi. Bir kun o'tib sudya adamga tel qilib kelib ketishimizni so'rapti. Sudya adamni sinfdoshlari bo'lib chiqdi. Mani fikrimni bilishmoqchi ekanliklarini aytib kabinetga opkirdila man kecha bor gapni yolg'on aralashtirmasdan etganimni etdim.

Ula nega shunchali qilishgunicha chidading didila man xammasi ovsinimni tillasini dp boshlanganini man omaganimni va tuxmatga qolib farzandimdan ayrilganimni yiglab etdim. Ula ering bilan ajrashish niyatim bor yo'qligini oilaviy sharoitimizni qanday ekanini so'rab surishtirdila va manga Sanjar akamni chaqirtirishimni so'radila. Sanjar akam kegunlaricha adam bilan nimanidur gaplashvolishdi. Sanjar akam keganlarida kabinetlariga ikkalamizni olib kirdila va Sanjar akamga alohida yashashni taklif qildila Sanjar akam alohida chiqishimizga sharoitimiz yo'qligini tushuntirdila. Sudya hali vaqt borligini qaror o'qiladigan kungacha ishni ijobiy hal qilib berishlarini etdila.

6 kundan keyin sud zalida yana hamma to'plandi hukm o'qildi qaynotamga 5 yil qamoq jazosi qaynonamga 10 yil qamoq jazosi ovsinimga yosh bolasi borligi sabab 3 yil qamoq jazosi belgilanipti. Eshitip oyoq qo'lim qaltirab ketdi va baqirib yubordim arizamni qaytib olaman qariya odamni uvoli tutadi mani qamamela iltimos dip.

Sudya etibor xam qilmadi manga. Oxirgi martta so'z berishganda qaynotam kechir kelin dp yig'lavordila. Qaynonam bo'lsa agar arizamni qaytib olsam uyni sotib bizni alohida chiqazishga sud oldida qasam ichishlarini etdila. Ovsini. gapirishni ham hohlamadi. Sud yopiq dip elon qilindi va ko'z oldimda olib kirip ketishdi ovsinim Umida qizimni yolg'iz qo'ymang sizga ishonaman dp kirip ketti. Qilgan ishimdan o'zimdan nafratlanib ketdim. Sudyaga yalinib yolvordim arizamni bekor qiling deb. Sudya ularni aqli kirishi kerak xch bo'lmasa 1 kun o'tirishsin aslida ularga qamoq jazosi berilmagan ish faoliyatimdan kelib chiqib shunday qildim qaynona kelinlarni ko'p sud qilganman didila.

Oldilariga kirganimda qaynonam rosa yalindila arizezni qaytvolin dp man qaytvoldim ertaga chiqazishadi didim. Ertasi kuni sudya bu hol boshqa qaytarilmaydi degan til xat yozib berila dp yozdirvoldila. Mani ham o'zlari bilan olib ketishdi. Oldingidek hayot bo'lmaydi hammasi yaxshi boladi dp oylagan edim ota onam borma diyishsa ham ergaship ketdi.

Boshida xch kim man bilan gaplashmadi. Har kungi ishlarimni qilib yuraverdim hammasi iziga tuship ketadi dp chuchvarani hom sanagan ekanman. Sanjar akamni siynilari kegan kuni momilasi  yaxshi edi hursan boldim chunki xch qachon yaxshi momila qmaganla manga. Ertasi kuni sanjar akam ish bo'yisha bir xafta kamandirovkaga ketishlarini etip qoldila man bir o'zim qolamanmi dsam uydegilani sanga nisbatan momilasi o'zgargan xovotir oma dp tinchlantirip kettila. Sanjar akam ketgan kunlari kechgacha yaxshi gaplaship yurdik qaynigachim ovsinim bilan birga ishlani qildik qaynisinim ham qaynonam ham yaxshi gapirip o'tirishdi. Kechga qaynotam bilan qayniog'am baliq oviga ketadigan bop qolishdi ulani kuzatip ovqatlanip bo'lip ham ancha gaplashib o'tirdik nahotki manga yaxshi gapirishvotdi dp xursan boldim 2 yil bo'liptiki xc kim Umidaxon dp chaqirish uyoqda tursin Umi dp ham chaqirmasdi.

O'v do gapirishardi yig'inla qise kelin dp gapirishardi odamlani oldida. Ovsinimga xar doim ismiga xon qo'shib gapirishardi. Chunki ovsinimni ota onasi tugilgan kun bormi bayram bormi panis panis narsa jo'natishar kotta kotta padarkala ko'tarib kelishardi. Man hech qachon ota onamga ovsinimga kir moshina opkelishdi xaladelne opkelishdi tilla opkelishdi slayam shunaqa qlasila dmaganman. Topganlarini qilishgan.

Kechga tomon ishlarni qilib bo'lib uyimni yigishtirish uchun qaynonamdan ruhsat olib uyga kirip ketdim. yarim soatlardan keyin qaynonam Uyni yig'ishtirip bo'ldizmi dp kirdila xa keling keling dp uyga kirg'izdim orqalaridan qayigachim qaynisinim ovsinim kirib kelishdi kelila dp zalga opkirdim gaplaship o'tirgani kirishdi dp suyunip ketdim. Ovsinim telifonizzi berip turin dp telimmi olip qaynonamga uzatdi. Qaynonam cho'nchelariga solip qizlariga qaradila kirish eshigini qulflab kalitini uzatishdi nima bo'votganini tushunme nima qimoqchisila didim xozi ko'rasan dp qaynonam sochimdan tortib ushavoldila xali sanmidin mani qamatadigan dp keyin qizlari quturip yopishib ketishdi ovsinim ham ulaga qo'shilip tepkilap ketdi 3 ta ayolni kaltaklarini tagida o'zimni qancha himoya qilishga urunme kuchim yetmadi taqdirga tan berdim yerga yotqizib xar tarafdan tepishdi boshimga qattiq zarb tekganda jonim bo'g'zimga keldi onam ko'z oldimga keldilar borma digandila barbir ketdim ona kechiring dp yubordim.

Qaynonam mandan kechirim so'rama Kechiradigan axmoq yo'q dp tepdila ogzi burnim qonaganda xushimni yo'qotayotganimni bildim. Uyogi nima bolganini bilmayman. O'zimga kelganimda  shifoxonada qo'shnimiz Dilbar opa tepamda turardila suyaklarim qaqshab og'rirdi nima bo'lganini so'rashga ham holim yetmadi. Suv diya oldim halos.  Tepamga meletsiya xodimlari kelganida sal tushungandek bo'ldim. Ular mani ekspertiziya uchun rasmlaga olishdi ko'kargan joylarimga qo'l izini olish uchun bir narsala qilishsi yuzimni rasmga olip ketishdi bilsam burun suyagim lat yegan ekan. Og'zimni bir tarafi yirtilip ketipti achchiq qismatimdan ko'zimga yosh keldi yana qaynonamga ish ochishdi.  lekin bu ishla qanday sodir bo'ldi ? Kaltaklashganida man uyda edim uyda erkaklar yo'q edi mani kaltaklashib keyin meletsiyaga o'zlarini o'zlari topshirishdimi yo'q bunaqa qilishmedi bula dp o'ylab   tushunolmadim.

Bor kuchimni toplab Dilbar opa nima bo'ldi diya oldim. Dilbar opa yig'lab yubordila ulaga tikilib turdim keyin gap boshladila. Qizim kecha kechki payt manga sizni raqamizdan qo'ng'iroq bo'ldi. Umidaxon ko'lagimni tikip bo'lganlar shekilli deb o'ylab go'shakni ko'tarsam qandaydir baqir chaqir haqoratlar ovozi eshitildi. Oldinlari qaynonez qaynigachez sizga kun berishmasligini eshitgandim  shuning uchun ko'ylagim bitdimi dp boxona qilib chiqishga qaror qildim zora qaynanangiz sizni urishishdan to'xtar digan qarorda eshikni taqillatdim xch kim ochmadi keyin eshikdan quloq solsam opa endi nima qilamiz o'lib qolgan bo'lsa dgan ovozni eshitib oyoq qo'lim qaltirab ketdi va uyga qochib ketdim sherik bo'lip qolmay deb, uyga kirib uydagilarga eshik ortidan shunday so'zni eshitdim degandim xo'jaynim jaxl bilan chiqib ketip darvozangizni tepa ketdila qaynonez qaynigachez ovsinez chiqishdi  bir axvolda sochlari to'zigan kiyimiga bir ikki tomchi qon izi ko'rinip turardi ular orasida siz ko'rinmadiz ular bir ahvol keyin ko'rinishdi bildimki sizga nimadur bo'lgan keyin ichkariga kirmoqchi bo'ldim qarshilik qilishdi xo'jaynim miletsiya chaqiraman diganlaridan keyin ichkariga  kirg'izishdi kirib qarasam siz hushsiz qonga belanip yotipsiz xo'jayinimni chaqirip sizni ko'tarib shifoxonaga olib keldik didila.

Qanchalik yaxshi insonla borligini shunda bildim shunday insonlar bor ekan dunyoda qiyomat kuni bo'lmayapti yaxshi inson qolmasa qiyomat bo'ladi diyishganini o'shanda anglab yetdim. Ko'zimda yosh bilan Raxmat deb zo'rga aytaoldim. Ota onamni raqamlarini Sanjar akamni raqamlarini yozib berdim ularni chaqirtirishdi. Mani axvolimni ko'rgan Onamning dod faryodi butun boshli shifoxonani titratvordi shunda yomon qarg'adila qaynonami. Sanjar akam ham yetib kelib devor alamlaridan mushtlab yig'ladila.

Shundoq oilani farzandi bo'ganimga ming lanat didila. Adam qaynotam bilan gaplashvolaman dp borsala uyda xch kim yoq ekan keyin meletsiya hodimlari bilan boriptila esheni xch kim ochmapti. Dilbar opani kelinlari ertalab ko'cha supurgani chiqganlarida qaynanam qaynotam qaynigachilarim bollari ovsinim xammaligi qo'llarida sumkala bilan 2 ta moshina bolip ketishvotganini ko'rgan ekan.

Uyni eshigini buzib kirishsa rostdan ham qochip ketishipti. Qidiruvga berishipti. Balnitsadan chiqdim ahvolim ancha yaxshilandi ota onamni uylariga ketdik Sanjar akam bilan vaqtincha yashab turdik. Qaynonamla topilguncha oyimlani uyida yashab turdik chunki Sanjar akamni uylarini muhrlab qo'yishgandi u yerda yashay olmasdik. Oradan bir oy o'tib qaynonamlarni topishipti. Sirdaryo viloyatiga qochip ketishgan ekan ijara uyda yashab yurishgan ekan. Meletsionerlarimiz baraka topishsin surishtirib topib olib kelishdi. Sudga berdik dalil isbotladan keyin sudya uyni bizga undirib berdila. Qaynonamlani yana qamoqdan asrab qoldim qari insonla qamoqda yashashmasin dp. Arizamni qaytib oldim. Uyni sud oldida nomimga o'tqizib berishdi.  Qaynonam erini bollarini kotta kelinini olib yana sirdaryoga ijara uyga ketishdi. Toshkentdan borgandan keyin viloyatda yashash onsonmas  qari odamlaga dp. Hovlini sotuvga qo'ydik. Sentrda bo'gani uchun yaxshi narxga sotildi.

Ota onamga yaqin joydan 4 xonalik dom olip Sanjar akam bilan ko'chib kirdik. Yana bitta 4 xonalik dom olib qaynonamlaga xadiya qildik. O'zimizga uzoqroq joydan uy oldik chunki yaqin yashashdan qo'rqardim. Ular ham Ko'chib kirishdi. Qolgan pulga Sanjar akam manga tikish bichish qo'lingdan keladi deb kelin ko'ylaklar saloni ochib berdila.

Malakamni oshirish uchun kurslarga qatnadim. Malakali tikuvchilarga shogirtlikga tushib o'rgandim. O'z ishimni yo'lga qo'ydim. Yangi uyda baxtli xayot kechira boshladik. Yillar ketidan yillar o'tib ketaverip ota onam bo'lishga hali ulgurmadik deb o'ylab qoldik. Shifokorlaga qatnay boshladik. Shifokorla hammasi yaxshi kutish kerak diyishdi shuncha kutdig natija bo'lmadiku didim keyin asosiysi siqilmang o'ynab kulib yuring deb maslaxat berishdi. Maslaxatlariga amal qildik esimizdan ham chiqazib yubordik

Taxminan oradan 3 oycha vaqt o'tdi. Ertalab holsiz bo'lib uygondim boshimni yostiqdan ko'tara olmasdan yana yotdim Sanjar akam ishga kech qolaman choy tayorlab ber didila mazam bo'mayapti negadur boshim og'riyapti didim. Mayli dam olaqol charchagandursan dip etibor qilmadila 1 xaftacha shu ahvol takrorlanuvirdi. Keyin Sanjar akam do'xtirga olib bordila. Uziga tushdim hovotirga o'rin yo'q siz homiladorsiz homilez taxminan 8 haftalik dib etdi. Sanjar akam dong qotib qoldila man yig'lab yubordim. Sanjar akam yes yes yes dp shunaqangi suyundila do'xtir sekinroq dvordi o'ziyam. Shu kundan o'zimni  avaylab ixtiyot qila boshladim.

Sanjar akam 1 oyda bir ota onasini ko'rgani borib turardila man xch ham bormasdim. Oradan 7 oy o'tib tugishimga yaqin qolganda Sanjar akam yur san ham bor ota onamni ko'rib kelasan sani homilador diganimda ishonishmagandi o'z ko'zlari bilan ko'rishadi ishonch xosil qilishadi dp olib bordila. Mani u insonla bilan faqat qora kunlarim o'tgan bormeman dp yo'lda qancha qarshilik qildim Sanjar akammi qistovlari bilan zo'rg'a  bordim. Mani ko'rishdiyu nega ob kelding shumqadamni biznikiga diyishdi. Sanjar akam oyi nega unaqa disiz yaqinda nabirali bo'lasila undan ko'ra duo qiling eson omon qutilvol dp didila. Qaynanam xayotda duo qimeman buni, iloyo tug'ome o'lip ketsin dp shaytollap ketdila.

Kelganimga ming pushaymon qilib Hudoga soldim silani dp yig'lab chiqib ketdim. Sanjar akam ham oyi silada mexr dgan narsani o'zi qolmabdi dp orqamdan chiqdila. Yo'lda yig'lab ketdim uyga borib ham o'zimga kelolmadim qattiq siqilganimdanmi mazam bome qoldi. Balnitsaga yotqizishdi tug'ishimga 10 kuncha qolgandi keserva qvolamiz dp bolalarimni keserva qvolishdi. O'zimga kelganimda Sanjar akam oyim tepamda o'tirishipti, xursan bolib tabriklashdi. Sanjar akam  egizak farzandli bo'ldik  nega homilam egizak dp etmagandin didila, sizga syurpriz qgim keludide didim. Bir qiz bir o'g'illi boldik. Sanjar akam shunaqa suyundila o'zlariga sig'masdila. Oyim ham hursanlilaridan adamga tel qilib yig'lavordila, nabirali bo'ldik bir qiz bir o'gil dp. Farzandlarimni bag'rimga bosganimda barcha qiyinchiliklarim ko'rgan azob uqubatlarim esimdan chiqdi. Ollohimga hamdu sanolar etib charchamasdim  Adam ukalarim ko'rgani kelishdi  oilamiz xursand bag'rimiz to'ldi baxtimdan sarhush edim.

Fotima va Husan deb isim qo'ydik. 1 haftada uyga ruhsat berishdi. Sanjar akam ota bolganlarida ota onasi opa singillari akasi bilan xursandchiliklarini baxam ko'rmoqchi bolip tel qiganla xammasi bir xil gapni takrorlashgan. Bu dunyoda bitta sanmi ota bo'gan. Ota bogan bosen bopsan nima qpti? Usha xotinin bilan ajrashmasakansan saniyam boleniyam tan omeman dp gapirishipti. Uyga chiqdik barcha qarindosh urug'larni yigib beshik to'y qildik. Sanjar akamni uylaridan xch kim kemadi. Bolali bo'lgach o'zimizdan ortmasdik. Ikki bolani kotra qilishga onam yordam berdila. Bolalarimiz bir yoshga to'lishiga  kottaroq qilib o'tqizishga bayram dasturxonini yozishga maslaxatlashib kafe gaplashib mexmonlani taklif qildik. Qaynonamlani ham taklif qildik. Hamma mehmonla kelishdi qaynonam qaynotam qizlari ham kelishdi. Tabrikleman dp mikrafonni qaynonam ovoganlarida bildim bayrami buzmoqchiliklarini, baland ovozda Sanjar bu sani bollarinmas man tan omeman xotinin bilan ajrash xaliyam kechmas dp tashadila xammani og'zi lang ochilib qoldi.

Sharmanda qilib chiqib ketdila xamma mexmonla sekin tarqab ketishdi. Uyga kep xammamiz alamdan yig'ladik sharmanda qilib keydila dp.  Adam armatura ko'tarib o'ldiraman qaynaneni dp ketvotudila zo'rga qaytardik. Mahalla kuy qo'ni qo'shnila oz vaqt gapirib yurishdi keyin hammani esidan chiqib ketdi. Lekin egizaklarim quyib quygandek otasini o'zi. Qaynonam ajrashtirvorish maqsadida shunaqa dganlarini Sanjar akam ham yaxshi bilardila. Etibor qilmasligimni so'radila. Shu zayilda kunla o'tib keturdi.

Egizaklarimizni 3 yosh qilib boxchaga joyladik. Sevimli ishimga qaytdim. Sanjar akamni xam ishlari yurishib ketdi o'z ishxonalarida nachalnik boldila. Uylarimizni tamirlab jixozlarni yangilab mashina ham oldik. Sanjar akam xar oylik olganlarida ota onasiga bozor qilib berib kelardila. Ko'p bora ajrash dp takrorlasharkan. Shu gaplarini eshitishdan charchadim dp bir oyda bir borardila. Keyingi borganlarida eshikni ochme qo'yishipti. Keyin bilse uyni sotip ketishibdi qayergaligi bizga nomalum edi.

4 yil dom daraksiz yo'q bolib ketishdi. Sanjar akam qancha sorab surishtirib qidirdila lekin topomadila. Bollarimiz maktabga chiqishdi baxtli yashab yurgan kunlarimiz edi ishdan vaqtliyriq qaytdim negadur ko'nglim g'ash bolavedi bolalar hali maktabdan qaytishmagan oyimdan so'rasam yo'q biznikiga kelishmadi dp ettila qidirib chiqdim topolmadim. Ustiziga tel qilsam 11 yarimda ketishgandi dp ettila. Soat 16:35 ko'rsatib turardi. Battar vujudimni vahima bosdi maktabiga qidirib bordim yo'q o'rtoqlaridan surushtirdim yo'q dp etishdi. Sanjar akamga tel qildim meletsiyaga habar berib o'zlari tezda yetib keldila mahallamiz oyoqga turib qidiruvni to'xtatmadik vaqt o'tgani sayin yuragimni ming hil hayol egallardi.

Kechgi soat 20:00 bo'ldi hamki topilmayapti hich kimdan sas sado chiqmasdi. 21:00 da uchaskavoy meletsiya chaqirtirib tez yetib kelishimizni bollarimizni uy yaqinidegi garajlani orqasidan topishganini etishdi qattiq qo'rqib ketdim qandoq yetib borganimizni bilmeman ne ko'z bilan ko'rayki Foti Husanim hushsiz yotishardi oyog' sonlari qonga belanib hushimni yo'qotibqo'ydim  tez yordam mashinasi yetib kelib balnitsaga op ketishdi bilsam begunohlarimni oyoglaridan pichoqlab ketishgan ekan.  Aperatsiyaga olib kirib ketishdi. Dod faryod solib xudodan murg'ak jonlarini asra do yig'ladim. Kop qon yo'qotishibdi Ukam bilan oyimni qon berishdi jonlantirish bo'limida yotishganida oldilariga kirg'izishmadi o'ziga kelishsa ko'rasiz dp. 15 soat hushsiz  yotishdi adoyi tomom bolip qoldik. 

O'zlariga kelishgandan keyin tergovchi so'rov qildi.  fotorobotlarini chizib olishdi. Bolalarimni etishlariga qaraganda qaynonam bilan qaynotam bo'lishlari ham mumkun dp oylab qoldim  Kimdan gumoniz bor dp so'rashganda ochigi hich kim hayolimga kemagandi. Rasmlari tayyor bolgandan keyin yoqa tishladik. Sanjar akam ishonmadila. Qidirib topip bolalarimga suratlarini ko'rsatishganda ha shu odamla dp seskanib ketishdi. Doda buvilarini ko'rishmagan tanishmaydi ham.  Nima bo'lgani qanday qilib pichoqlashgani  haqida surishtirishganida malum boldiki maktabdan chiqishganida biz silani oyilani oldiga oboramiz oyila eti bollarimmi opkeb berila dp oyila hozi uydamas uzoda sila boromisila moshina yo'ldan o'tomisila dp aladap uyilani korsatila dp yashavotgan uyimizi korvolishgan undan keyin kettik oyilani oldiga dp opkelib garajlani orasiga opkirib picho sanchib tashashibdi.

Yaqin atrofda kunduz kuni xch qaysi qo'shni ko'rmagan o'z onam ham uyda bolganla ulayam kormaganla soat abetgi 12 la atrofida sodir bolgan bu ish man soat 2 da ishdan kelib qidirgani chiqganmanu lekin shu garajlani orasida dp o'ylamagan ekanman. Qaynonam qaynotami hibisda ushashganida hammasini etib berishipti bu voqiya bolishidan oldinroq mahallaga kelib ko'chadagi bolalardan so'rashgan ekan Fotima Husan dgan o'rtoqlarila bormi ko'rsatila oyisini ismi Umida adasiniki Sanjar o'rtoqlarila qaysi maktabda o'qiydi  dp bolalarni ko'rvolishgan ekan.

Ertasi kuni maktablariga borib kutib turishgan ekan. O'z og'izlari bilan etib berishipti aybni bo'ynilariga olishipti. Ulani maqsadlari bzani ajrashtirish bolgan bollarini o'ldirse ajrashadi dp oylashgan ekan. Olloh barchasini ko'rib turibdi murg'ak be gunoh bolalar birovlarning maqsadi yo'lida qurbon bo'lishlari mumkun emas. Qaynonamni Aqliy no raso dp tashxis qo'yishibdi. Jinnihonaga yotqizishipti. Qaynotamni esa qastdan suyiqast qilganlilari uchun qamashdi. Bollarimiz tuzalib maktabga chiqishdi endi ko'z qorachig'imizdek asraymiz Hudoyim yana bir imkon berdi, deb onam otam o'zlari maktabga olib borip olip kelishadigan bolishdi. Qaynonam qaynotamni ko'rgani borib turadila Sanjar akam. Oyilari butunlay aqildan ozib qoliptila ajrashtiraman dp faqat bir gapni takrorlayverarkanla.  Qaynotam ham qamoq honada alamdan bir yoshroq sportsmen bola bilan mushtlashib nogiron bolib qoliptila.  U bola ham o'zi ko'chada bir bolani urib o'ldirib qo'ygani uchun qamalgan ekan kamiga qaynotami urib nogiron qilib qoyipti yosh umrini hazon  qilib, egizaklarimiz 1 sinifni tamomlab yozgi tatilga chiqishdi yoz kunlariydi ko'nglim aynib qayt qildim aynigan narsa yeb qo'ydim yoki nimadur yoqmadi dp o'yladim 3 kuncha shunaqa bolurdim keyin test qldim ne ko'z bilan ko'rayki homilador bolgan ekanman darrov Sanjar akamdan suyunchi oldim.

Baxtni yana ham ko'proq his qila boshladim. Tatil tugab bolla maktabga chiqishdi man uyda uy ishlari bilan band edim eshik taqilab qoldi borib qarasan oyim qayni opam bilan turishardi yuragim orqaga tortib ketdi oyimga tinchlikmi diya oldim xalos oyim Umida open kelib silani uyilani ko'rsatishimni sanda gapi borligini etdi gaplashvol didila mani bulada gapim yo' oyi uyga kirin man esheni yopaman didim oyim kirvotudila qayniopam bor kuchi bilan oyig'imga yopishib kechiren Umida ikki og'iz gapim bor sizda etamanu ketaman faqat eshiten dp tiz cho'kib yig'ladila ko'ynim bo'shashib ketdi uyga kirgizdim tezroq gapiren iltimos mani vaqtim yo'q bollarimni maktabdan opkelishim kere didim. Gapni namadan boshlashni bilmayapman 5 yil oldin qari qiz bo'lib qoldin sanga yosh yigitla uylanmedi dp xotini o'lganga nikoxlab bervorishgandi oq ko'ylak kiyish armon bo'lib qoldi u kishi bilan 5 yil yashadim turmushga chiqgan qizlari kelib mani urib ketishardi homilamni nobut qilishdu sizga nima qilgan bolsam xammasi qaytdi erim ichib kelib tinme kaltakledila bolali bololmadim onamni qarg'ishlari aylanib kelib manga urdi  sizdan kechirim so'ragani keldim do yig'ladila.

Etishlaricha oqqon bop qoptila qancha umrlari qoganini bilmedila buyogiga bza bilan yashash niyatlari borakan man yo'q man siz bilan yashashdan qokrqaman didim bolalarimga ota onez kabi zarar yetqizasiz manga qilgan yomonliqlarizzi hali unutmadim didim. Keyin ketayotib o'zgarganliklarini etib yig'ladila man Sanjar akam bilan maslaxatlashib ko'raman lekin ishonmeman sizga didim ishonmasez ham hich bolmasa kechirdim dp eten o'z og'zizdan eshite didila man kechirdim sizi didim. Keyin tel raqamlarini berib chiqib ketila man barbir ishonmadim o'zgarganlariga.

Kechga Sanjar akam ishdan keganlaridan keyin bor gapni etdim sanjar akam opasini raqamini terib terdila bir kishi ko'tardi opasini so'ragandila balnitsada didila balnitsani adresini op bordik ko'rgani kunduzi ko'rgan qaynopamdan asar ham qomagan rostdan ham mazalari yo'q ranglari bir bir ahvol yotardila nimagadur faqat mandan kechirim so'radila. Uyga qaytib o'tirgandik hamki qo'ng'iroq boldi opalarini raqamidan ko'tardilayu dong qotib qoldila. Go'shakni qo'yib opamni joni uzulipti dp yugurib balnitsaga chiqib ketdila hay haylab qolib ketdim. Qaynopamni eri Sanjar akamga openi opket marakalariniyam o'tqiz manga o'ligiyam tirigiyam keremas dpti.

Ovsinimnikida o'tqizdik marakalarini man faqat chiqazishiga bordim qaynisinim alamini mandan oldi xm tomoshaga keldinmi dp. Ketvotganimda qo'l ko'tarmoqchi ham bo'ldi qo'lidan ushab bir martta bolamdan ayirganin yetadi endi man san o'ylagan kenayinmasman u  vaqtla o'tip ketdi dp  qo'lini siltap tashadim. Mo'ltillagancha qolib ketdi.

Xomilam 8 yarim oylik bo'lib oy kunim yaqin qolgandi ovsinim biznikiga yiglab kelib qoldi manzilimizni rahmatli qayni opam etganakanla usha kuni qayniopam manikiga kep keyin ovsinimnikiga borganakanla ushanda etiptila. Maqsadga ko'chganida  yoqamni ushlab qoldim bir qizi bilan qolishipti 4 yil oldin mioma bolib matkasini oldirganakan boshqa  tug'olmasakan mani homiladorligimni bilib kepti bolani manga tugib berin dp etdi hayotda o'z bolamni birovga bermeman bilib qo'yin didim. Egizaklarimdan keyin  9yil dganda tug'amanu bir paytlar mani tug'masdan olib tugmasga sogan ovsinimga beramanmi dp gapirdim uydan yiglab chiqib ketdi. Vujudimda  mani ulaga bermen dgande qattiq tepinardi bolajonim. Keyin sani bulaga beradigan axmoq yo'q dip tinchlantirdim gapimni tushungande jim bop qoldi. 3 farzandimiz ham tug'ildi.

Biz baxtli oilamiz Ollohimga ming shukurkar bolsinkim ukalarimni ham uylantirib kelinla tushurdik bir biridan go'zal iboli hayoli kelinla keldi hozir ikkisi ham farzand kutishayapti Sanjar akam va ukalarimni ishlari yurishib o'tgan yili yonmayon 3 ta dalahovli sotib olib qurilish boshlashdi bitsa hammamiz qo'shni bo'lib yashemiz Hudi holasa. O'tgan yili Sanjar akam ota onamni haj safariga jo'natdila. Hoji doda, Hoji ona bop qaytishdi Ollohimga shukuronalar bolsin. Ichi qoralik birovni ko'ra olmaslik oqibati yaxshilikga olib kelmaydi Ollohni etgani boladi bandasini emas. Ha aytgancha  2 ukamga 2  tug'ishgan opa singillarni kelin qildik zero ovsinlar bir biriga begona bolishmasin ukalarim tinch bolishsin deb shunday qildik aslida kelinlarni boshini birlashtirish qaynonalani  qo'lida. Ming shukur kim onam kopni ko'rgan birovni bolasiga ozor bera olmaydiga ona.

Ota onamni jigarlarimni barchasini Olloh o'z panohida asrasin. Eshitishimcha ovsinim qayni og'am bilan ajrashib qizini olib onasini uyiga ketipti qayniog'am ichkilikga berilib yashab turgan uyini sotib yeb ichib yo'q qilib yuboriptila. Nima bolganda ham hammasi qilmishiga yarashasini olgan rahmim kelmaydi chunki manga hch qaysi biri raxm qilmagan.

Qaynisinimni ham qayni opasi eridan ajrab kelib ular bilan yasharkan o'ziga yarasha nasibasini oladi barchasi.

Nima bolganda ham yaxshilikga azizlarim. Kelinlarga maslaxatim kim nima qilsa ham indamasdan chidap barchasini ortga tashlab ketavering kuni keladi Ollohni o'zi sizni siylaydi. Qiyinchiliklarni bari Xudo tomonidan berilgan sinov. Yaxshi kunlar kelishi uchun yomon kunlarga chidamoq lozim. Qayni opa qaynisingillarga maslaxatim ko'ngilni keng qiling kelinlar sizlarga qul emas, ota onangiz keliningiz ukangizni orasiga aralashib sovuqchilik tushirib qo'ymang ota onanguzni ham bu dunyoga ustun qilib bermagan ota onangizdan keyin ukangiz akangiz bilan bo'lgan rishta uzulmasin desangiz keliningizni tinch qo'ying nima qilsangiz o'zingizga qaytadi o'zingizga qaytmasa jondan aziz qizingizdan qaytadi.

Bu dunyo omonat dunyo mehr oqibatli bo'ling kelin ham yomon bo'lgisi kelmaydi sizni ota onangizga gap chaqtirganlarizu gijgijlashlarizni barchasi uni ko'ngliga og'ir botadi. Hurmat qilishini istasangiz o'z hurmatingizni biling. Zero hurmat talat qilinmasligi balki hurmatni qozonish kerak ekanligi esingizdan chiqmasin. Siz hozir kelinni 10 yil qonini icharsiz lekin ota onangizdan keyin bir umr kelin sizni qonizni ichadi. U ham birovni jondan chiqgan chashmasi.

Qaynonajonlar siz ha deb kelinni ajrashtirish payida bo'lmay qizlaringizni tarbiyasi bilan ko'proq shug'illansangiz kelajakda qizlarizni turmushida as qotadi. Kelinni sarpo surug'iga qarab momila qilishdan ko'ra qizday ko'rishni o'rgansangiz yaxshi bo'lardi. Farzand bilan davlatni erta kechi bo'lmaydi kelinim qachon homilador bo'larkin dp kelinni ketini poylagandan ko'ra duo qilishsa yaxshi bo'lardi. Kelinlani tug'mas dp ayblaguncha O'g'lilaniyam mundo tekshirtirsela bolarmidi. Ushavogan gapila mani o'g'lim soppa sog' kelinim tug'mas. Ertaga o'glizi ajrashtirvorup boshqasiga uylantirip ham navarali bolomasela ham shundayam bechora kelin ayibdor bunisiyam tug'mas chiqdi dp bechorani yuziga loy chaplesila.

Shundayam o'g'lila oppo kelinla ayibdor a Qaynota va qayniog'alar erke bo'lila iltimos oshxona qozon tovo xotinlani ishi sila o'z ishilani qilila iltimos. Nechchi kunlisila hudo biladi kelinlani o'g'lilani tinch qo'yila. Yoshla bir birimizga to'ri kemadi ajrashamiz diyishsa sila to'g'ri yo'lga solila. Ajrashmemiz dp turgan yoshlarni ajratish kotta gunoh Olloh barchasiga guvoh barchasi uning nazorati ostidadir. Hayotimda manga kotta yaxshilik qilgan  mani dunyoga keltirgan Ota onam  mehribon ukalarim Yonimda hamisha tirgak bo'lib turgan Sanjar akamdan shirin shakar 3 farzandimizdan  va eski qo'shnimiz Dilbar opadan juda ham minnaddorman. Agar mani o'shanda Dilbar opa qutqazib qolmaganlarida bilmadim nima bo'lardi. Dilbar opani ham o'shanda Ollohni o'zi yetqizgan. Bunday diyishimi sababi bor mani xonaga quplab telimmi qaynanam opqo'yganlarida cho'nchelarida bosilip ketip Dilbar opaga qivorganakanla o'zlari bilmagan holda qo'lga tushishgandi. Dilbar opa bilan tutingan ona bolamiz. Oyim bilan dilbar opa bir umirlik opa singil bo'lib qolishdi bordi keldi qilib turamiz.

Kelinjonlar sizlar ham tilingizga erk bermasdan nima diyishsa ham xop dp sabr qilib yuravering eringizni sizdan sovitisha olishmaydi shunda. Ishongan eringiz sizdan soviy boshlasa dunyo ko'zlarizga tor bolib tuyuladi. Yorug' kunlar kelishiga ishonib yashang. Barchasi o'z qo'lingizda. Yuzimda qaynonamdan qolgan estalik bor. Har safar ko'rganimda achhiq qismatim yodimga tushadi keyin hozirgi kunimga shukur etaman. Barchasi bir tushdek o'tdi ketdi. Qorong'u kunlar tugadi yorug kunlar kelganiga Ollohga shukur. O'zbek kelinlarini 90 % da qiyinchilik kunlar bo'ladi hayot sinovlarida toblanish kerak. Xayotda boshwqa qoqilishni istamayman endi.

Barchangizga baxt tilayman ulkan sabr bersin barchaga. Sabr qilsangiz yutasiz. Bunga man kafilman.    


Manba: "tarona.net"

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: Sevgi dunyosi | | Теги: Er-xotin, Kelin, Olislarda Tuyilgan, ibo, Yaqin Baxtim, Ayol, nomus. baxt, hayo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz