Главная » 2021 » Октябрь » 4 » Gulnora Karimova ishi: bu safar Britaniya bosh vaziri aralashdi
22:51

Gulnora Karimova ishi: bu safar Britaniya bosh vaziri aralashdi


Britaniya konservatorlar partiyasi donorining yirik korrupsiya janjaliga aralashgani haqidagi xabarni eshitgan mamlakat bosh vaziri Boris Jonson partiyaning barcha xayriya loyihalari tekshiruvdan o‘tishini ma’lum qildi.

BBC va The Guardian kabi yirik nashrlar olib borgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Boris Jonsonning yetakchilik kampaniyasiga munosib hissa qo‘shgan britaniyalik tadbirkor Muhammad Amersi Shvetsiyaning Telia telekommunikatsiya tashkiloti bilan bir necha shubhali shartnomalarda qatnashgan.

Surishtiruvga ko‘ra, Amersi Telia kompaniyasiga O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova bilan 220 mln. dollarlik kelishuvni imzolashni maslahat bergan. Keyinroq esa G.Karimovaga to‘langan pullar "pora" ekani isbotlanib, shved kompaniyasi AQSh hukumati tomonidan 952 mln. dollar miqdorida jarimaga tortilgandi.

Amersi 2010 yilda Gibraltardagi ofshor kompaniyasi orqali Karimovaga pullarni o‘tkazishda ishtirok etgani aytiladi.

Lekin Amersining o‘zi ushbu ayblovlarni inkor qilib chiqdi: "Telia kompaniyasini bir necha idoralar obdon tekshirgan va menga nisbatan hech qanday ayblov ilgari surilmagan. Maslahatchi sifatidagi ishim esa qonun doirasida bo‘lib o‘tgan".

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Muhammad Amersi 2019 yildagi saylov kampaniyasidan 100 ming funt (136 ming dollar), bosh vazir dasturida qatnashgani uchun 10 ming funt (13,6 ming dollar) miqdorida haq olgan. 2018 yildan beri turli ziyofatlarga 525 ming funt (salkam 715 ming dollar) sarflagan.

Ushbu holatga Boris Jonson quyidagicha izoh berdi: "Men bu voqeani bugun ko‘rdim. Bir narsani aniq aytishim mumkin, barcha xayriyalar va mablag‘lar qonun doirasida amalga oshirilishi kerak. Biz hali ularni tekshiramiz".

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova 2020 yilda 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: britaniya, Gulnora Karimova, bosh vaziri, aralashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz