11:27 Kim Chen Inning ahvoli haqida bilaman, ammo gapira olmayman – Tramp | |
Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan nima yuz berayotganidan yaxshi xabardor, ammo ular buni e’lon qilishni xohlamaydi. Bu haqda kecha, 30 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi. “Men nima bo‘layotganini tushunaman, hozir Kim Chen In haqida gapira olmayman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo men vaziyatni juda yaxshi tushunaman”, dedi u. KXDR yetakchisi 11 aprel – Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasining Siyosiy byurosining ichki siyosat masalalari bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazgandan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmadi. Xususan, Kim Chen In 12 aprel kuni Oliy Milliy Majlisning yillik sessiyasida ishtirok etmadi va uning hukmronlik qilganidan beri birinchi marta 15 aprel kuni Kim Ir Senning 108 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan Kumsusan Quyosh Saroyidagi marosimda qatnashmadi. Asosiy davlat bayramida mamlakat rahbariyatining yo‘qligi Kim Chen Inning kasalligi haqida mishmishlarga sabab bo‘ldi. Bu xabar hozirda rasmiylar va xalq respublikasi ommaviy axborot vositalari tomonidan izohlanmayapti va Pxenyan manbalari tomonidan tasdiqlanmagan. Keyinchalik, CNN telekanali Amerika ma’muriyatidagi manbaga tayanib, Vashingtonda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning jarrohlik operatsiyasidan so‘ng, sog‘lig‘i yomonlashgani haqida ma’lumot o‘rganilayotganini aytdi. Keyinchalik Tramp OAV ma’lumotlari haqiqat emasligini aytdi. Janubiy Koreya rasmiylari Kim Chen Inning kasalligi haqida ma’lumot yo‘qligini, shuningdek,Xitoy Tashqi ishlar vazirligi CNN ma’lumotlari shubhali ekanligini ma’lum qildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|