Главная » 2020 » Ноябрь » 25 » Koronavirusga chalingan bemorlar kamaygani sababli Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda
08:58

Koronavirusga chalingan bemorlar kamaygani sababli Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda


Uchtepa tumanidagi “Atlas” savdo majmuasi binosida COVID-19 va atipik pnevmoniyaga chalingan bemorlar uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopildi. Bu haqda “Koronavirus Info” kanali xabar berdi.

Shuningdek, tez orada Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida tashkil etilgan markaz faoliyati ham to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda O‘zbekiston bo‘yicha 89 ta muassasada 17 500 ta o‘rin COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgani hamda ushbu o‘rinlarda 6570 nafar bemor davolanayotgani va koykalar bandligi respublika bo‘yicha esa 38 foizni tashkil etishi ma’lum qilingandi. Shu munosabat bilan, mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar faoliyatini chuqur o‘rganib, ularni optimizatsiya qilish topshirig‘i berilgandi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “Atlas” savdo majmuasi binosida 1000 o‘ringa mo‘ljallangan koronavirusga chalingan va gumon qilingan bemorlarni qabul qilish va taqsimlash markazi sentabr oyining oxirida ishga tushirilgandi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasi iyul oyining oxirida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun 520 o‘rinli maxsus markazga aylantirilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yopilmoqda, taqsimlash markazlari, koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz