22:12 Mudhish 6 kun: Xitoyning koronavirus borasidagi eng katta xatosi | |
Xitoy ma’murlari olti kun davomida Uxanda koronavirus tarqalishi haqida xabar berishmadi. Jamiyatda vahima qo‘zg‘ashiga yo‘l qo‘ymaslikka urinish butun dunyo bo‘ylab ikki milliondan ortiq odamning koronavirus yuqtirishiga olib keldi, deb yozadi Associated Press. Kaliforniya universiteti epidemiologi Zuo-Feng Changning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoy hukumati olti kun oldin ushbu virus haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilganida, vaziyat yaxshiroq bo‘lardi. Bundan tashqari, byurokratik kechikishlar va Xitoyning axborotni qattiq nazorat qilishi ushbu kasallik haqida erta ogohlantirishga imkon bermadi,masalan, virus haqida aytishga uringan bir nechta shifokorlar jazolandi. Agentlik olingan hujjatlarga tayanib, 14 yanvar kuni XXR Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun yopiq yig‘ilish o‘tkazganini ta’kidlaydi. 15 yanvar kuni koronavirusning yangi turini aniqlash bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar viloyat sog‘liqni saqlash idoralariga tarqatilgan, ammo davlat xizmatchilari bu tahdidni e’tibordan chetda qoldirgan. Prezident Si Szinpin o‘zining birinchi bayonotini faqat 20 yanvar kuni qildi. Doktor Chjanning so‘zlariga ko‘ra, ilgari e’lon qilingan ogohlantirish infeksiyalarning uchdan ikki qismini kamaytirishi mumkin edi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|