17:47 Navoiyda otasi mastligi sabab 10 yoshli bola avtomobil boshqargani aniqlandi | |
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Matiz’ni haydab kelayotgan 10 yoshli bola aniqlangan, deya xabar bermoqda YHXBB. Qayd etilishicha, YPX xodimlari Matiz avtomobilini to‘xtatganda haydovchi o‘rindig‘ida 10 yoshli bola o‘tirgani ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha bolaning otasi spirtli ichimlik ichgani bois mashina boshqaruvini o‘zining 4-sinfda o‘qiydigan o‘g‘liga topshirgan. Shu bilan birga, reydlar davomida Xatirchi tumanida asli kasbi shifokor bo‘lgan haydovchi spirtli ichimlik ichib avtomobil boshqargani aniqlangan. Yuqoridagi holatlar yuzasidan qoidabuzarlarga tegishli tartibda chora ko‘rilgan. Avvalroq 8 yoshli bola harakatga keltirgan Lacetti Toshkentdagi Makro supermarketi ichiga kirib ketgani, Surxondaryoda 14 yoshli “haydovchi” xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda Labo haydab ketayotgani hamda Samarqandda 14 yoshli bola boshqaruvidagi Tracker YTHga uchrashi oqibatida haydovchining tengdoshi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|