22:28 Neymar qurolli hujum uyushtirishda ayblanyapti | |
Braziliyalik siyosatchi va faol Agripino Magalyaesh Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi va Brazilya terma jamoasi hujumchisi Neymarni o‘ziga hujum qilishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Magalyaesh San-Paulu sudiga da’vo kiritgan. U Neymarning gomofobik chiqishlari haqidagi qator reportajlaridan keyin shunday ayblov e’lon qilgan. Magalyaesh Neymarning advokati Davi de Payvu Kosta Tangerinni o‘lim bilan tahdid qilishda ayblagan. U Neymar va uning advokati tahdidi sabab yashirinishga majbur bo‘layotganini ta’kidlagan. U sud orqali million real (155 ming yevro) kompensatsiya undirib olish niyatida.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|