21:30 O‘zbekistonda Škoda Kodiaq sotila boshlandi. U qanaqa avtomobil? | |
Driver’s Village ŠKODA dilerlik markazida yangi krossoverning ilk xaridorlariga avtomobillarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ŠKODA savdo belgisining ilk dilerlik markazi ochilishida Volkswagen konsernining krossoverlar turkumidagi flagmani, 2021 model yiliga mansub ŠKODA KODIAQ to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamasi taqdim etilgan edi. Avtomobillar mahalliy iqlim va foydalanish sharoitini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan va 2,0 litrli 180 ot kuchi va 320 n.m. aylanma lahzasiga ega turbo dvigatel bilan boyitilgan. To‘liq o‘lchamli ŠKODA KODIAQ krossoveriga: ✔️ Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda 2 yillik kafolat muddati Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda ŠKODA KODIAQ 2 xil turda taqdim etilgan: besh o‘rindiqli «Ambition» va top turdagi 7 o‘rinli «Style». Siz unda to‘la raqamli uskunalar paneli, 360 darajali kamera, smartfon uchun simsiz quvvatlantirgich va AppleCar Play Android Auto interfeysi, to‘liq chiroq-diodli faralarni ko‘rishingiz mumkin. Avtomobilda to‘liq elektropaket, charm salon, xotirali old o‘rindiqlar va boshqa ko‘plab qulayliklar mavjud.
Manba: "xabar.uz"
| |
|