21:58 Toshkent shahar hokimligi avtomobil egalarini ogohlantirdi | |
Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Hokimlik shu sabab fuqarolardan o‘z avtomobilini xavfsiz joyga olib qo‘yishga chaqirdi.
Joriy yilning 27 aprel kuni ham hokimlik shunday bayonot bilan chiqqan edi. Lekin, ogohlantirilgan kuni poytaxtda kuchli darajada shamol kuzatilmagan. Aksincha, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol kuzatildi. Natijada Buxoro viloyati ushbu shamoldan katta talofat ko'rdi. Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati markazi 3 may kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi. Bundan biroz avval, markaz O‘zbekistonda qum bo‘roni bo‘lishi haqidagi xabarga munosabat bildirib o'tgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|