Главная » 2017 » Май » 25 » Toshkentda yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo‘yildi
19:21

Toshkentda yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo‘yildi


Toshkent shahri bo‘ylab IIBB tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar natijasida ko‘plab fohishaxonalar aniqlanmoqda va faoliyatiga chek qo‘yilyapti. Masalan, Olmazor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi mazkur jinoyat bilan shug‘ulllangan shaxslar qo‘lga olingan edi. Navbat Mirzo Ulug‘bek tumaniga keldi.

Joriy yilning 22 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yana bir fohishaxona aniqlangan.

Fohishaxona Mariya Soy va Karim Ibragimov tomonidan Soyning xonadonida ochilgan bo‘lib, 140 000 so‘m pul evaziga fuqaro “M” va “B” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Soy va Ibragimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

P.S. Yuqoridagi shaxslarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlar o‘xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, faoliyatiga chek qo‘yildi, Fohishaxona, yana bir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz