21:05 Toshkentdagi ko‘chalarning biriga Seul nomi berildi | |
Poytaxtimizning Chilonzor tumani hududida joylashgan Yangi Baynalmilal ko‘chasi endi Seul ko‘chasi deb ataladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, davlatimiz rahbarining 2017 yil 24-25 noyabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida bergan taklifi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 fevraldagi yig‘ilish bayoni asosida ana shunday qarorga kelingan. Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi yig‘ilishida ushbu qaror qabul qilinib, ijroga qaratilgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|