13:50 Tramp JSSTga ultimatum qo‘ydi. Muhlat 30 kun | |
AQSH Prezidenti Donald Tramp JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusga maktub yo‘lladi. Maktubda qayd etilishicha, tashkilot keyingi 30 kun ichida “sezilarli yaxshilanishni“ o‘z zimmasiga olmasa jiddiy choralar ko‘rilishi mumkin.
U amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini AQSH manfaatlariga mos kelmaydigan harakatlar qiluvchi tashkilotga sarf qilmasligini bildirib o‘tdi.
Prezident o‘z maktubida JSST koronavirusning turli ogohlantirish belgilarini e’tiborsiz qoldirgani va tashkilotning Xitoyga nisbatan pozitsiyasini tanqid qilgan bir qator ayblovlarni ilgari surgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, JSST ishonchni tiklashning yagona yo‘li “Xitoydan mustaqil ekanini“ namoyish etishdir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|