11:16 Xitoyda o‘qituvchi o‘quvchi qizni o‘lgunicha do‘pposladi | |
Xitoy maktablaridan birida matematika o‘qituvchisi o‘z savoliga ikki marta xato javob bergan o‘n yashar o‘quvchi qizni o‘lgunicha do‘pposladi. Bu haqda «Daily Star» yozmoqda. Xabarga ko‘ra, quyushqonidan chiqib ketgan o‘qituvchi tinmay qizning boshiga urgan, butun sinf oldida tiz cho‘kdirib qo‘ygan. Qiynoqlar tugaganidan so‘ng qizning ahvoli yomonlashib qolgan, zudlik bilan shifoxonaga yetkazishgan, ammo vrachlar unga yordam bera olishmagan. O‘qituvchi hamda maktab direktori ishdan bo‘shatilib, voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|