12:33 Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi | |
Qashqadaryo viloyatida so‘nggi bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Sog‘aygan bemor (erkak) 36 yoshda bo‘lib, Chiroqchi tumanidan. U koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lib, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan. Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a’zolaridir. Bemorlarning barchasi Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1134 nafarga yetdi. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2046 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|