10:23 So‘nggi 12 kun davomida kasal bo‘lganlar va tuzalganlar tafovuti qanday? | |
Unga ko‘ra, mamlakatimizda qatorasiga o‘n ikki kun davomida COVID-19 infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lganini ko‘rish mumkin. Faqat ushbu oraliq muddatning o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashdi. Yurtimizda eng ko‘p sog‘ayganlar 23 aprel sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘sha kuni 111 kishi tuzalib, kasalxonadan chiqarilgan. Ushbu muddat oralig‘ida eng kam zararlanganlar 26 aprel kuni qayd etilgan. Bu sanada faqat 7 kishida kasallik aniqlangan. Kecha, 2 may sanasida 32 kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa, 59 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar umumiy soni 2118 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1271 nafar, vafot etganlar — 9 nafar. Ayni vaqtda 838 kishi davolanishda bo‘lib turibdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|