10:30 Xushxabar! Qashqadaryoda koronavirusga chalingan ikki opa-singil butunlay tuzaldi | |
Ta’kidlash joizki, yurtimiz tibbiyot xodimlarining bahamjihat bo‘lib, zimmasiga yuklangan ulkan mas’uliyatni chuqur his etgan holda, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning shifo topishi uchun astoydil kurashayotgani muhim ahamiyat kasb etayapti. Buning uchun shifoxonalarimizda barcha sharoit yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan ta’minlangan. Ushbu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi. Sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 4 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 563 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi
Manba: "aniq.uz"
| |
|