15:11 Yerning parchalanish sanasi ma’lum qilindi | |
Belgiyaning Lyoven katolik universiteti xodimi Leen Dechin shov-shuvli bayonot qildi, u Yerning tahminiy halokati sanasini ma’lum qildi. Professorning fikrlariga ko‘ra, Quyosh sayyoramizdagi barcha tirik mavudotlarni yulduz qizil gigantga aylanganida yo‘q qiladi. Bu haqda Astronomy and Astrophysics xabar berdi. Ma’lumki, yulduz turli darajadagi evrilish bosqichlarini o‘taydi (sariq karlik, subgigant, qizil gigant va oq karlik). Yerning tahminiy taqdirini aytib berish uchun, astronomlar L2 Puppis yulduzini kuzatishdi, u besh milliard yil avval Quyoshga yaqin massaga ega bo‘lgan. Ayni damda ushbu ob’ektning yoshi 10 milliard. U qizil gigant sanaladi. L2 Puppis Yerdan 208 yorug‘lik yili masofasida, bu sayyoramizga eng yaqin qizil gigant. Ushbu yulduz atrofida 300 million kilometr masofada sayyora aylanadi, uni kuzata turib, tadqiqotchilar Yerning taqdirini bilishmoqchi bo‘lishadi. Olimlarning fikricha, Quyosh istalmagan holda qizil gigantga aylanadi, buning oqibatida Merkuriy va Venera yo‘q bo‘lib, Yerdagi hayot yo‘qoladi. “Umuman olganda, biz hozir sayyoramizning aniq taqdirini aytib bera olmaymiz. U Quyoshning qizil gigantga aylanishini ko‘tara oladimi, bu noma’lum. Shuningdek u o‘qi bo‘ylab aylanishni davom ettira olishini aniq ayta olmaymiz”, — deydi Leen Dechin. Professorning so‘zlariga ko‘ra, Quyosh “terminal bosqichga” besh milliard yildan keyin tushadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|