18:55 Qashqadaryoda qovun pishdi | |
Qashqadaryo viloyati O‘tamayli hududida qovun pishdi. Bu bugun, 13 may kuni haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, birinchi hosilni O‘tamaylilik tomorqa egasi Buriyev Rufat yetishtirgan. Aytilishicha, dehqon 3 yildan beri qovun yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi.
Usta dehqonlarning bildirishicha, tumanda yilning fevral oyidanoq qovun parvarishiga kirishiladi. Bunda asosan “Jiyan”, “Torpedo”, “Aeroport” kabi eksport talabiga javob beradigan navlar tanlanadi. Ma’lum qilinishicha, avvaliga urug‘lar maxsus idishlarga ekilib, issiqxona sharoitida o‘stirib olinadi. Bo‘yi me’yoriga yetgan ko‘chatlar keng maydonga plyonka ostiga ekib chiqiladi. Kunlar isishi bilan palaklar baravj rivojlanishi uchun nihollar usti ochiladi. Bu usulni qo‘llash orqali erta hosil olish imkoniyati oshadi. Avvalroq, Qashqadaryoda tarvuz pishgani haqida xabar bergan edik.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|