Tarmoqlarda Qashqadaryodagi bog‘chada chilim chekayotgan tarbiyachilar videosi tarqaldi. Bu haqda Daryo nashri xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Mirishkor tumanidagi 8-sonli MTMda chilim chekayotgan bog‘cha xodimlarining videosi tarqalgan. Video shu yil dekabr oyi boshida olingan. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining ma’lum qilishicha, videodagi besh nafar shaxs – hamshira, oshpaz va uch nafar yordamchi tarbiyachi va bog‘cha rahbari ishdan olingan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu MTT 200 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda u yerda 120 nafar bola tarbiyalanmoqda.